OʻNARCHA

OʻNARCHAQirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi daryo, Norin daryosining oʻng irmogʻi. Noringa Norin shahri dan 16 km quyiroqda quyiladi. Uz. 75 km, havzasining mayd. 1570 km2. Kapkatos tizmasining yon bagʻridan shim. roqda, Qumbel dovonidan 1 km sharqda, 3600 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (Koʻktoʻrpoq chap irmogʻi quyilgungacha) Sultonsari nomi bilan yuritiladi. Asosiy irmoqlari yuqori oqimida: Archalu, Ichkebash, Chunqursu, Ottuk (oʻngdan). Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi boshlanishidan 18 km quyida (Oʻnarcha qishlogʻi yonida) 9,9 m3/sek. Toʻlinsuv davri mart — avg. da. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15,2 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 4,78 mʻ/sek. gacha (kam suvliyilda) oʻzgaradi. Dek. —fev. oylarida daryoda muz oqadi. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega.

Prev Article

OʻN IKKI IMOM

Next Article

OʻNBOSHI