OʻRAZAYEV Shavkat Zakariyevich

OʻRAZAYEV Shavkat Zakariyevich (1927. 1.8, Chekmagushev tumani, Boshqirdiston) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Yuridik fanlari d-ri (1962), prof. (1965). Toshkent yuridik intini tugatgan (1947). Oʻzbekiston FA iqtisod, falsafa va huquq fanlari boʻlimi akad. kotibi (1966 — 70). Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (196670 va 1989-93). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat komiteti (1990—93), keyin esa Konstitutsiyaviy sudi raisi (1994). Toshkent yuridik intining rektori (1994—95). 1996-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining prof. Oʻrazayevning ilmiy ishlari davlat va huquq nazariyasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda milliy davlatchilikning vujudga kelishi hamda rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan. Respublikada yuridik fanlarining rivojiga va yuqori malakali huquqshunoslar tayyorlashga muayyan hissa qoʻshgan. 1chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (1995). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

As: Hokimiyat va qonun, T., 1992; Mustaqil Oʻzbekistonning Konstitutsiyasi, T., 1994; Rimskoye pravo, T, 2000.

Prev Article

OʻPQON