OʻRIKLISOY

OʻRIKLISOYJizzax viloyatidagi soy, Zominsuv soyining oʻng irmogʻi. Uz. 28 km, havzasining mayd. 226 km2. Turkiston tizmasining shim. gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Asosiy irmogʻi — Ismana soyi. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilish joyida 0,651 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,05 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,067 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Apr. —iyunda sersuv, baʼzan toshadi. Sutkalik eng koʻp suv sarfi apr. —iyunda 17,3 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,084 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi.

Prev Article

OʻRIK FILCHASI

Next Article

OʻRILISH