OʻRINBOYEV

OʻRINBOYEV Asom (1929.15.5, Toshkent) — sharqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2001), tarix fanlari d-ri (1985). Oʻrta Osiyo untining Sharq f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-tida kichik ilmiy xodim (1953—60), katta ilmiy xodim (1960—69), boʻlim mudiri (1969—87; 1993—94), in-t direktori (1987—93), yetakchi ilmiy xodim (1994-yildan), grant mavzu rahbari (2003-yildan). Ilmiy faoliyati, asosan, Temuriylar davri tarixiga oid Sharq manbalarini oʻzbek va rus tillariga ta»rjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr etish, Sharq qoʻlyozmalarini tavsiflash va ularning fihristini tuzish, hujjatlar va yozishmalarni tadqiq qilish va nashrga tayyorlash kabi yoʻnalishlarga oid.

Oʻ. Sharqshunoslik in-tida saqlanayotgan Sharq qoʻlyozmalari fihristlarining hammuallifi va ilmiy muharriri. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari oʻzbekcha nashrining ishtirokchisi.

Ayrim tadqiqotlari xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Eron, Afgʻoniston, BAA, Germaniya, Yaponiya va AQSHda chop etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotti laureati (1989).

As: Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi (1442—1444), T., 1960; Pismaavtografi Abduraxmana Djami iz «Alboma Navoi» (Vvedeniye, perevod, primechaniya i ukazateli A. Urinbayeva), T., 1982.

Prev Article

OʻRIKLISOY