OʻRTACHA QUYOSH

OʻRTACHA QUYOSHosmon gumbazining tropik yil davomida bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan toʻliq bir marta aylanib chiqadigan va ekvator boʻylab tekis harakatlanadigan hayoliy nuqtasi. Oʻrtacha quyosh vakti shu Oʻrtacha quyoshga asoslanadi. Yer orbitasi va ekliptikannig ekvatorga ogʻmaligi natijasida haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda apogey va perigeyla boʻladigan oʻrtacha ekliptika Quyoshi tushunchasi joriy etilgan; bu bilan Yer orbitasining ellips shaklidaligi bilan bogʻliq noqulaylik yoʻqotiladi; oʻrtacha ekvatorial Quyosh (Oʻ. q.) ekvator boʻylab tekis harakatlanib, bahorgi teng kunlik va kuzgi teng kunlik nuqtalaridan haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda oʻtadi, bu bilan ikkinchi sabab — ekliptika ogʻmaligining taʼsiri yoʻqotiladi. Haqiqiy Quyosh va Oʻrtacha quyosh toʻgʻri chiqishlari yoki soat burchaklari farqi vaqt tenglamasi deyiladi va haqiqiy Quyoshni kuzatish orqali oʻrtacha vaqtni aniqlashda hisobga olinadi.

Prev Article

OʻRTAOVUL

Next Article

OʻRTACHA QUYOSH VAQTI