OʻRTAOVUL

OʻRTAOVULToshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974 yil dan). T. y. stansiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 km jan. da. Aholisi 17,2 ming kishi (2004). Goʻsht kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qoʻshma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyoʻl va boshqalar yoʻnalishlardagi avtobus va marshrutli taksilar Oʻrtaovul hududidan oʻtadi. Oʻrtaovuldan Toshkentga marshrutli taksilar qatnaydi.

Prev Article

OʻRTALIQ TIZMALAR

Next Article

OʻRTACHA SOAT