OʻSAROʻT, tilonoʻt — semizakdoshlar (semizbargdoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer ostki qismi tugunaksimon yoʻgʻonlashgan. Boʻyi 5—15 sm. Barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, etli. Oʻzbekistonda 5 turi uchraydi. Oʻsaroʻtning barcha turlari manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Oʻzbekistonda alp Oʻsaroʻt va hisor Oʻ. keng tarqalgan.