— oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz ikkinchi harfi. Til orqa, oʻrta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining maʼno farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, yaʼni alohida belgiga ega emas). Qoʻllanishiga koʻra uncha faol boʻlmagan bu harf oʻzbekcha soʻzlarning asosan 1-boʻgʻinida uchraydi: oʻrdak, oʻrik, oʻroq, moʻgʻul, toʻgʻri, qoʻrqoq kabi; oʻzlashma soʻzlarda esa oxirgi boʻgʻinlarda ham qoʻllanishi mumkin: gulroʻ, obroʻ, roʻbaroʻ. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega.

Prev Article

OHULAR

Next Article

OʻGAY OTA