«OʻZBEKISGON SHAMPANI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — vino sanoatining yirik korxonasi. Mahalliy vinobop uzum navlaridan turli markali shampan vinolari, mavjlanuvchi vino va alkogolsiz ichimliklar, oq, pushti, qizil vinolar, konʼyak spirti va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. «Oʻzmevas abzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. 2-jahon urushi davrida Toshkentga evakuatsiya qilingan Xarkov, Simlyansk, RostovDon va Inkerman shampan zdlari negizida 1943-yilda 6pivo z-di hududida tashkil etilgan. 1944-yildan mahsulotlar ishlab chiqara boshlagan. Keyinchalik «Toshkentvino» korxonasining Degrez mavzeidagi vinopunkti bazasida yillik quvvati butilka usulida 250 ming butilka shampan vinosi ishlab chiqaradigan yangi zdqurildi. 1960-y. dan «Toshkent shampan z-di» nomini oldi. 1994-yildan hozirgi nomda. Korxonaning Toshkent, Samarqand va boshqalar viloyatlarda shampan vinolari uchun vino materiallar tayyorlaydigan vino punktlari bor. 90yillardan boshlab korxona yangi texnologiyalar bilan jihozlana boshladi. Korxonaning mavjlanuvchi «Oʻzbekiston shampani» shampanlangan vinosi, saqlab yetiltirilgan «Oltin favvora» shampan vinosi, gazlangan «Nafis» vino ichimligi, «Oʻzbekiston» portveyni xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda sovrinlarga sazovor boʻlgan.
2004-yilda 1999 ming butilka shampan vinosi va gazlangan vino ichimligi, 190,3 ming butilka yoki 10,4 ming dal tinch vinolar ishlab chiqarildi.
Mahsulotlari qoʻshni davlatlar va Rossiyaga eksport qilinadi.
Anvar Botirov.