OʻZBEKISTON AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

OʻZBEKISTON AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTIOʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi; akusherlik va ginekologiya masalalari boʻyicha respublikada yirik ilmiy, tashkiliymetodik va konsultativ markaz. 1974 yil Toshkentda 2tugʻruqxona qoshida tashkil etilgan, 1981-yildan hoz. binosida. In-tda 10 ilmiy boʻlim (akusherlik, ginekologiya va h. k.), 200 oʻrinli klinika, klinik ordinatura, doktorantura, ilmiy kutubxona, kunduzgi statsionar va boshqalar bor. 2000-yildan kuniga 200 mijozga moʻljallangan «Oila va nikoh» ilmiy maslahatxonasi (5 boʻlim, lab., tibbiygenetika, oilani rejalashtirish markazlari, inseminatsiya va fizioterapiyadan iborat) faoliyat koʻrsatadi. Jizzax, Namangan, Nukus va Qarshida intning filiallari mavjud. 2003-yil in-t qoshida sunʼiy urugʻlantirish (ekstrakorporal urugʻlantirish) bilan shugʻullanadigan «Yangi inson» nomli reproduktiv markaz ochildi. In-tda 10 fan dri, 47 fan nomzodi va 100 dan ziyod malakali ilmiy xodimlar xizmat qiladi (2005). in-t xodimlari ayollar, onalar va chaqaloqlarga tibbiy yordam koʻrsatishning yangi tashkiliy tadbirlarini ishlab chiqadi, homiladorlikda kamqonlikning paydo boʻlishi va rivojlanishi sabablarini aniqlash va davolash; aqusherlikda qon ketishining oldini olish, tugʻruqda koʻp qon yoʻqotgan hamda patologik tugʻruq va murakkab ginekologik operatsiyalardan keyin ayol sogʻligʻini qayta tiklash (reabilitatsiya), davolash masalalari boʻyicha tadqiqotlar va ilmiy kuzatuvlar olib boradi; akusherlik patologiyasining turli koʻrinishlarida ona va homila oʻrtasidagi munosabatni, shuningʻdek, ishlab chiqarish omillarining ayol reproduktiv salomatligiga taʼsirini aniklaydi va h. k. In-tda akusherlik va ginekologiya sohalari boʻyicha vrachlar malakasini oshiradi hamda Toshkent tibbiyot pediatriya institutining oʻquv bazasi faoliyat koʻrsatadi.