OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOGʻISTON BOʻLIMI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOGʻISTON BOʻLIMIQoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy ilmiy muassasa. Asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliqboʻlgan i. t. larni amalga oshirishdan iborat. Qoraqalpogʻistonda ilmiy tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi.

Qoraqalpogʻistonda dastlabki ilmiy muassasa — Kompleks ilmiy tekshirish instituti 1931 yil tashkil etilgan. 1939-yil bu in-t Qoraqalpogʻiston XKS huzuridagi Til va adabiyot intiga aylantirildi. in-t 1947-yil Oʻzbekiston FA tarkibiga kirdi va Qoraqalpogʻiston iqtisodiyot va madaniyat ilmiy tekshirish instituti deb nomlandi. 1957-yil in-t Kompleks ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. 1959-yil ushbu in-t negizida Oʻzbekiston FA ning Qoraqalpogʻiston filiali tashkil etildi. 1991-yil filial Oʻzbekiston FA ning Qoraqalpogʻiston boʻlimiga aylantirildi. Tarkibida N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti (1959), Tarix, arxeologiya va etn. instituti (1992), Bioekologiya instituti (1994), Tabiiy fanlar kompleks instituti (1994), Orolboʻyi xalqlari ijtimoiyiqtisodiy muammolar instituti (1976— 2003-yillarda hisoblash markazi), Botanika bogʻi (1989), Asosiy kutubxonasi bor (2005).

Boʻlim ilmiy tekshirish muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: Orolboʻyi xalqlarining qadimiy davrdan bugungacha boʻlgan tarixi, arxeologiyasi, etn. si; qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi, sanʼat, yozma va ogzaki tarixiy manbalarni oʻrganish; qoraqalpoq adabiyoti, tili va til tarixi, xalq ogʻzaki ijodiyoti; Orol dengizi havzasining tabiiy muhitga taʼsiri, ekologik inqiroz oqibatlarini oʻrganish, biologik xilmaxillik muammolari; hududdagi tabiiy boyliklardan toʻgʻri va oqilona foydalanishning ilmiy asoslari, xom ashyo zaxiralari, tabiiy boyliklarni topish va ulardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, yarimoʻtkazgich material va organik birikmalar asosida elektronikaning ayrim muammolarini oʻrganish, hudud sharoitida qayta tiklanuvchi noanʼanaviy energiya turlaridan foydalanish; Qoraqalpogʻiston Respublikasining doimiy rivojlanish dasturini, Orolboʻyi hududi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarining matematik modellarini ishlab chiqish. Boʻlim ilmiy xodimlari oʻz ilmiy yoʻnalishlariga mos 33 mavzu boʻyicha ish olib boradi (2005).

Boʻlim ilmiy tekshirish muassasalarida 140 ilmiy xodim, jumladan, Oʻzbekiston FA ning 3 akad., 14 fan dri, 50 fan nomzodi ishlaydi. 1960-yildan Boʻlimning «Axboroti» («Xabarshisi») nashr etiladi. Boʻlim olim va tadqiqotchilaridan M. Nurmuhamedov, S. Bahodirova, Q. Boyniyozov, S. Niyetullayev, S. Alliyorov, T. Mambetniyazov, A. Nasrullayev, M. Kalenderov, R. Yesemuratova, D. Qozoqboyev, A. Toʻraboyevlar turli davrlarda Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlar. Oʻzbekiston Respublikasi FAning Qoraqalpogʻiston boʻlimi hayʼati raislari: M. Nurmuhamedov (1959—61), S. Kamolov (196196), Ch. Abdirov (199697), T. Yeshchanov (1997—2004); 2004-yildan N. K. Aimbetov.