OʻZELEKTRAPPARAT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«OʻZELEKTRAPPARAT» AKSIYADORLIK JAMIYATIenergetika mashinasozligining yirik korxonasi. «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. Past voltli butlovchi uskunalar va past voltli asbobapparatura (elektr styalar energobloklari podstansiyalari va boshqalar uchun shchit qurilmalari, katod himoyasi st-yalari, boshqarish pultlari, rele qurilmalari va boshqalar) ishlab chiqaradi. 1941 yil 15-oktyabrda Toshkentga evakuatsiya qilingan Xarkov «Elektr stanok» mashinasozlik z-di uskunalari bazasida Toshkent «Elektr stanok» z-di nomi bilan tashkil etilgan va elektr jihozlari hamda front uchun minalar ishlab chiqargan. 1946-yilda bu zd Moskvadan evakuatsiya qilingan «Yuqori chastota toklari» z-di bilan birlashtirilib Toshkent elektr texnika z-diga aylantirildi. Urushdan keyingi davrda turli elektr jihozlari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1971 — 91 yillarda Oʻrta Osiyo «Elektrapparat» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi [birlashma tarkibiga Toshkent plastmassa buyumlari z-di, «Toshelektromash» z-di, Andijon «Elektrapparat», Marhamat (Andijon viloyati), Adrasmon (Tojikiston), Olmaota past voltli apparatlar zdlari, Butunittifoq relesozlik ilmiy tekshirish institutining Toshkent boʻlimi kirgan].

1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2005-yildan korxona OʻzbekistonRossiyaBritaniya qoʻshma korxonasi — aksiyadorlik jamiyati. Korxona mahsulotlari 1994—99 yillarda xalqaro koʻrgazmalar va tanlovlarda 14-marta (Madrid, 1994; Mexiko, 1995; Parij, 1995; Jeneva, 1996; Rim, 1999 va boshqalar) sifat sovrinlariga sazovor boʻlgan. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. 2004-yilda 1,14 mlrd. soʻmlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.

Next Article

OʻYIN