OʻZGAN

OʻZGANQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidagi shahar, tuman markazi. Qoradaryo sohilida. Oʻsh shahridan 68 km. Oʻzgan orqali Oʻsh — Qoragʻulja avtomobil yoʻli oʻtgan. Aholisi 41,5 ming kishi (1999). Oʻzganning qadimiy qatlamlari mil. av. 2—1 a. larga oid. Qadimgi Oʻzganning arki va 3 shahristoni boʻlgan. 3shahristonda 16asr gacha aholi yashagan. Oʻzgan rabodlari 3shahristonning shim. sharqida joylashgan. A. N. Bernshtam boshchiligida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar (1945— 50) natijasida kushanlar davridan temuriylar davrigacha yaratilgan moddiy yodgorliklar (sopol buyumlar, tangalar, qar xil metall asboblar va boshqalar) topilgan. qadimiy Oʻzgan katta siyosiy va maʼmuriy mavqeni egallagan. Meʼmorlik rivojlangan.

Oʻzganda quruq sut, mineral suvlar, pivo zdlari, non k-ti ishlab turibdi, gilamlar ishlab chiqariladi. Madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan minora (11-asr) va 3 gumbazli maqbara (11 — 12 a. lar) saklangan.

Prev Article

OʻZBOʻY

Next Article

OʻZGAN ZILZILASI