OʻZGARMAS TOK MASHINASI

OʻZGARMAS TOK MASHINASI — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasining aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi (yana q. Generator, Elektr dvigatel).

Next Article

OʻZGARUVCHAN TOK