OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR — vaqt oʻtgan sari ravshanligini davriy oʻzgartiradigan yulduzlar. Ravshanliklari oʻzgarishiga koʻra, tutiluvchi va fizik turlarga boʻlinadi. Tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlar umumiy ogʻirlik markazi atrofida aylanuvchi ikki yulduzdan iborat sistema boʻlib, ularning orbita tekisliklari kuzatish chizigʻiga juda yaqin yotadi. Bunday yulduzlar bir-biridan juda kichik burchak masofada yotganidan ularni aloxidaalohida koʻrib boʻlmaydi va ularning nurlanishi qoʻshilib, bitta yulduzdek koʻrinadi. Bir yulduz ikkinchisini toʻsishi natijasida bunday sistemaning ravshanligi kamayadi. Tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlarning ayrimlarida (mas, Persey yulduz turkumining R si) tutilishdan boshqa paytda umumiy ravshanliklari oʻzgarmay saqlanadi (rasm, b). Boshqa tur tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlarda (mas, Liraning (3 si va Katta Ayiqning Ґ turida) esa sistemaning umumiy ravshanligi faqat tutilish paytidagina emas, balki tutilish kuzatilmagan paytda ham oʻzgaradi (rasm, a). Galaktikamizda 3000 ga yaqin tutiluvchi Oʻzgaruvchan yulduzlar aniklangan.
Fizik Oʻzgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining oʻzgarishi shu yulduzlar qaʼrida yuz beradigan fizik jarayonlar hisobiga boʻladi. Ular oʻz navbatida pulsatsiyalanuvchi va eruptiv yulduzlarga boʻlinadi. Pulsatsiyalanuvchi Oʻzgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining bir meʼyorda oʻzgarishi bilan ifodalanadi. Bu turdagi Oʻzgaruvchan yulduzlarga davrlari uzunligi va ravshanliklari oʻzgarish darajasi turlicha boʻlgan sefeidalar, KK Lira turi, Savrning KU turi, Kitning Mira turidagi Oʻzgaruvchan yulduzlar misoldir. Eru ptiv Oʻzgaruvchan yulduzlar oʻzgaruvchanligi vaqtivaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash koʻrinishida boʻladi. Bunday chaqnashlar ushbu yulduzlardan plazmaning uloqtirilishi bilan tushuntiriladi. Eruptiv Oʻzgaruvchan yulduzlarning yarmidan koʻpi Aravakash yulduz turkumining KLU turidagi yulduzlardir. Oʻzgaruvchan yulduzlarni kuzatishdan turli yulduz sistemalarining yoshi va boshqalar tafsilotlari ham aniklanadi. Faqat sefeidalartagina mansub «davryorqinlik» bogʻliqlik ulargacha boʻlgan masafalarni juda aniq belgilash imkonini berdi. Galaktikaning uzoq joylarigacha boʻlgan masofalar ana shu usulda aniklanadi. Hozirgi zamon kuzatishlari qoʻshaloq Oʻzgaruvchan yulduzlardan baʼzilari rentgen nurlari manbalari ham ekanini koʻrsatdi.