OʻZMEVASABZAVOTURUGʻ SANOAT

«OʻZMEVASABZAVOTURUGʻ SANOAT» — respublikada r-nlashtirilgan sabzavot, poliz va ozuqabop ildizmevali ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashgan uyushma; elita, superelita va 1reproduksiya urugʻlarini yetishtirish bilan shugʻullanadi. 2003 yil 24 dek. da Oʻ«zsabzavotnavurugʻlari» (1996) uyushmasi negizida tashkil etilgan. Toshkent shahrida joylashgan. Tarkibida 54 korxona va tashkilotlar (17 sabzavot, poliz va ozuqabop ildizmevali ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashgan shirkat xoʻjaliklari, 10 viloyat «Sabzavotnavurugʻlari» hissadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, 3 ta xususiy urugʻchilik firmalari hamda 24 ta vino va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qayta ishlash korxonalari) bor. Respublika xoʻjaliklarining elita, superelita va navli urugʻlar va umuman urugʻlikka boʻlgan yillik ehtiyojini toʻliq taʼminlaydi. Uyushma elita va navli urugʻlik yetishtirish rejalarini ishlab chiqadi, mamlakatdagi savbzavot, poliz, ildizmevali ekinlar urugʻchiligini muvofiqlashtiradi, davlat urugʻlik zaxira jamgʻarmalarini yaratadi, urugʻlik eksporti va importini olib boradi, navli urugʻlikni sotadi. Urugʻchilikni ilmiy asosda olib borish maqsadlarida Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlik qiladi. 5 ming ga ga yaqin yer maydoniga ega boʻlgan urugʻchilik xoʻjaliklarida 5420 s sabzavot ekinlari, 1015 s poliz ekinlari urugʻligi yetishtirildi (2004).

Urugʻchilik sohasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston va Ozarbayjondagi ilmiy va urugʻchilik muassasalari hamda firmalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Ukrainaning Chernigov shahrida uyushmaning vakolatxonasi ochilgan. Moskva, Yekaterinburg va Vladikavkaz shahrilarida savdo uylarini ochish tadbirlari olib borilmoqda (yana q. Urugʻchilik).

Rustam Eltoyev.

Prev Article

OʻZLOQSHOH

Next Article

OʻZFAN