PALADE

PALADE (Palade) Jorj Emil (1912.19.11, Yassi sh., Ruminiya) — amerikalik biokimyogar (millati rumin). 1946-y. dan AQSHda. Asosiy ishlari hujayralarning ultratuzilishini elektron-mikroskop ostida tekshirishga oid. Ilk bor ribosomalar va mitoxondriyalarpm taʼriflab berdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1974, K. R. De Dyuv va A. Klod bilan hamkorlikda).

Prev Article

PAK CHI VON

Next Article

PALADIN