PALMERSTON

PALMERSTON (Palmerston) Genri Jon Templ (1784—1865) — vikont, Buyuk Britaniya bosh vaziri (1855—58 va 1859-y. dan). Tashki ishlar vaziri (1830-34, 1835-41, 1846-51). Ichki islohotlar oʻtkazishga qarshi chiqqan. Tashqi siyosatda «Kuchlar muvozanati» tarafdori. Palmerston hukumati 1857—59 y. larda Hindistondagi Sipohiylar qoʻzgʻoloni va Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini bostirishda, Qrim urushi (1853—56) ni keltirib chiqarishda qatnashgan.

Prev Article

PALMADOSHLAR

Next Article

PALMETTA