PARDA — 1) dramatik asar, teatr spek-taklining boʻlimi (akt.). Mavzuning murakkabligi va davomiyligiga qarab pyesa va spektakl 1 P. dan 5 P. gacha boʻlishi mumkin. Mumtoz dramaturgiya va oʻtmishdagi teatrda Pardalar koʻp boʻlgan. Zamonaviy pyesalar va spektakllar esa, odatda, 2 P. dan iborat. Pardalar koʻri nishlarga (ular baʼzan voqealar, sahnalardeb ataladi) boʻlinadi. 1-P. da koʻ-pincha ekspoziyatsiya va voqeaning tuguni, soʻnggi Pardada yechimi beriladi. Asosiy Parda larda voqealar rivojlanib borib choʻqqiga koʻtiriladi va tugalla-nadi. Baʼzi sahna asarlarida maxsus mukaddima va yakun boʻlib, ular prolog va epilog deb ataladi;
2) anʼanaviy teatrda musavvirlar tomonidan chizilgan maxsus suratli Pardalar boʻlib, tomosha oldidan ayvon, koʻshk yoki tirgo-vichlarga osib qoʻyilgan. Oʻrta asrlarda ayol sanʼatkorlar harir oq Pardalar ortida soz chalgan, kuylagan va raqsga tushgan. Qoʻgʻirchoq teatrining «Chodir xayol» va «Chodir jamol» turlarida tomoshalar 3 tomoniga Parda tortilgan va oldi ochiq chodirlarda koʻrsatilgan;
3) teatr sahnasi oldidagi ikki tomonga sirgalib ochiladigan (baʼzan yukrriga koʻtariladigan) baxmal toʻsiqlar, sahnaning yonlarida va orasida spektakl mavzusini ochuvchi rassom tomonidan oʻylab chizilgan bezaklar ham Parda deb ataladi. Kichik voqealar avansah-nada oʻynalayotganda Parda yarim yoki butunlay yopilishi va yana ochilib asosiy vokealar davom etishi mumkin. Bunday Parda intermediya P. si deyiladi. Teatrlarda yongʻindan saqlovchi (temir yoki asbestdan) Pardalar ham uchraydi;
4) xonani quyosh nuri, shamol, yot koʻzdan toʻsish yoki bezak uchun deraza va eshiklarga tutiladigan matolar. Taxmon, tokcha, burchak yoki xonaning biron qismini toʻsish uchun xam qoʻllaniladi. Kelinkuyov uchun solingan joylardan toʻsib turuvchi Parda chimildiq deb ataladi. Pardalar turli gazlamalardan tikiladi. Hoz. kunda «jalyuzi» P. lar urf boʻlmoqda.
Muhsin Qodirov.