Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PAROKSIZM

PAROKSIZM (yun. paroxysmos — taʼsirlanish) — kasallikning vaqtvaqti bilan toʻsatdan kuchayishi; mas, ogʻriqning birdan zoʻrayishi (stenokardiyada), yurakning tez ura boshlashi (taxikardiyada), yoʻtal tutishi (koʻkyoʻtalda), isitma tutishi (bezgak-da) va b. P. termini kuchli emotsional holat (yaʼni gʻazab P. i, umidsizlik Paroksizmi)ni ham anglatadi.

Prev Article

PARODONTOZ

Next Article

PAROM