PARTIYA

PARTIYA (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman) — 1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (q. Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi (mas, qidiruv Partiyasi);

2) bir manzilga bir vaqtda joʻnatilgan tovarlar;

3) muayyan natijagacha oʻtkaziladigan oʻyin (mas, shaxmatdagi Partiya); bir kancha oʻyinlardagi oʻyinchilar tarkibi.

Prev Article

PARTER

Next Article

PARTIYA