PARVON, Farvon — oʻrta asrlarda Toxariston shaharlaridan biri. Panjhir daryosi vodiysida joylashgan. 11 — a. da bu yerdan Toxaristonning Kobul viloyati bilan chegarasi oʻtgan. 10-a. da somoniylar davrida Parvonda katta va gavjum jome mas-jidi boʻlgan. Parvon zarbxonasida somoniylar, gʻaznaviylar, moʻgʻullar, hulokuiylar va temuriylar davrida pul zarb kilingan. Parvon 20-a. boshida ham oʻzining kdd. nomi bilan atalgan, soʻngra Jabal as-Siroj deb atala boshlangan. Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan eng yorqin gʻalabasi Parvon yaqinida boʻlgan (q. Parvon jangi).