PASHSHALAR

PASHSHALAR (Toshkent shevasida) , chivinlar (boshqa shevalarda) — 2 qanotli hasharotlar guruhi. Pashshalarga, odatda, barcha kalta moʻylovli 2 qanotlilar: soʻqirlar, boʻkalar, pashshalar, taxinlar, ktirlar va b. oilalar kiritiladi. Gavdasi nisbatan yoʻgʻon, qanotlari keng, ogʻiz organlari yalovchi tipda. Qurtlarining oyogʻi va boshi boʻlmaydi. Gʻum-bagi bochkasimon. Pashshalar yirtqich (qtirlar), parazit (taxinlar, qon soʻruvchi Pashshalar, soʻnalar, boʻkalar), oʻsimlikxoʻr (Gessen pashshasi), turli suyuq organik moddalar (chin P.) bilan oziklanadi Pashshalar tabiatda koʻpchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotxoʻr sut emizuvchilar uchun asosiy oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha Pashshalar parazitlik qilishi va kasallik tarqatishi tufayli odam va hayvonlarga katta ziyon yetkazadi.

Prev Article

PASHMAJ

Next Article

PASHSHATOGʻ