Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PATON Boris Yevgenyevich

PATON Boris Yevgenyevich (1918.27.11, Kiyev) — metallurgiya va elektr payvandlash sohasidagi olim. Ukraina FA akad. (1958) va prezidenta (1963-y. dan), SSSR FA akad. (1962). Ye. O. Latonning oʻgʻli. Paton rahbarligida payvandlashning yangi usuli — elektr-shlakli payvandlash usuli yaratildi, elektr payvand usullari xalq xoʻjaligining turli tarmoqlariga tatbiq qilindi, Paton maxsus poʻlat va qotishmalar sifatini oshirishning yangi usuli — elektr-shlakli qayta eritish usulini yaratdi; payvandlashda ishlatiladigan issiklik manbalarini maxsus eritish agregatlariga qoʻllashga va metallurgiyaning yangi tarmogʻi — maxsus elektr metal-lurgiyani yaratishga oid tadqiqotlarga rahbarlik qildi.

As: Elektroshlakovaya svarka, M., 1960; Plazmennыye protsessы v metallurgii i texnologii neorganicheskix materialov, M., 1973.

Prev Article

PATOM TOGʻLIGI