PAXTAGUL — islimiy naqsh turi; amaliy bezak sanʼatida ochilgan paxta chanogʻini uslublashtirib yaratiladi. Paxtagul yoki paxta islimiy deb ataladi. Amaliy sanʼatning deyarli barcha turlari (kashtadoʻzlik, chinnisozlik, kulollik, kandakorlik, ganch oʻymakorligi va b.)da keng tarqalgan.