PECh, (rus) , pechka — xonalarni isitish yoki materiallar (buyumlar)ga issikdik ishlovi berish uchun moʻljallangan qurilma. Qoʻllanish sohasiga koʻra, sanoat va uy-roʻzgʻor Pech lariga, vazifasiga koʻra, eritish, qizdirish, kuydirish, quritish, isitish, qandolat-pazlik, nonvoychilik va b. xillarga boʻlinadi. Pechlarni qizdirish usuli ham turlicha: alangali (metodik, ikki van-nali va b.), elektr (yoyli, induksion va b.), plazmali, elektron-nurli va optik Pechlar bor. Asosiy qismlari: issiklik generatori (issiklik ajratib beradi), ish boʻlmasi (material yoki buyum tura-di), issiklik olgich (material yoki bu-yumni sovitadi), yonilgʻi yoki elektr energiyasi keltiradigan qurilma, moʻrkon, Pech ishini avtomatik boshqarish tizimi (sanoat Pech larida), poydevor, devor va Pechga xizmat koʻrsatish maydoncha-si. Pech maxsus olovbardosh pishiq gʻisht va metalddan quriladi. Pech sanoatning koʻp tarmoqdarida, uyroʻzgʻorda, jamoat binolarida qoʻllanadi.