PECh

PECh — Vengriyaning jan.-gʻarbiy qis-midagi shahar. Mechek togʻlarining jan. etagida. Baranya medyesining maʼmuriy markazi. Axrlisi 161 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Jan. Dunantulning iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika), yogʻochsozlik, kimyo, koʻn-poyabzal, shisha-keramika, oziq-ovqat (tamaki, pivo, kon-serva, shampan vinolari i. ch.) sanoati korxonalari mavjud. Musiqa as-boblari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida toshkoʻmir, uran qazib olinadi. Un-t (1367), muzeylar, teatr bor. Sha-har rimliklarning Sopiana qishlogʻi oʻrnida mil. boshlarida bunyod etilgan. Oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari, jumladan, sobor, jome masjidlari saqlangan. Shahar atrofida shi-fobaxsh buloklar bor.

Prev Article

PETTI

Next Article

PECHAK