PEDIATRIYA INSTITUTI

PEDIATRIYA INSTITUTIOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligiga karashli i. t. muassasasi. 1927-y. da Toshkent sh. da tashkil etilgan. Dastlab Onalik va bolalikni mu-hofaza qilish i. t. instituta deb nomlangan. ToshTI da pediatriya f-ti tashkil qilinishi tufayli 1940-y. da yopilib, 1966-y. da qayta tashkil etilgan. 1969-y. dan shu nomda.

In-tda 300 oʻrinli klinika (bolalar uchun 150 oʻrin, akusherlik va ginekologik bemorlar uchun 150 oʻrin), 7 klinik boʻlim (allergologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, chala tu-gʻilgan bolalar, 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar kasalliklari, akusherlikginekologiya, terapiya), lab. lar, dorixona, kutubona bor (2003). 1972—80 y. larda in-t va klinikasi tarkibida Oʻzbekistonda bolalar allergologiya markazi, 1980—89 y. larda bolalar pulmonologiya markazi, 1990— 96 y. larda bolalar gepatologiya markazi ishlab turdi. 1974-y. da akusherlik va ginekologiya boʻli-mi negizida Oʻzbekiston akusherlik va ginekologiya i. t. instituta tashkil topdi. 1976-y. da bolasi bilan yotgan onalarni sogʻlomlashtirish uchun 60 oʻrinli terapiya boʻlimi ochildi. 1983-y. da 2 suv havzasi boʻlgan 30 oʻrinli shifobaxsh fizkultura va vrach nazorati boʻlimi, 30 oʻrinli tashhis qoʻyish boʻlimi hamda 300 qatnovga moʻljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasi ishga tushdi. 1995-y. dan ona suti bilan ovqatlan-tirishni ragʻbatlantirish markazi ishlab turibdi. In-tda 1997-y. da diareya va oʻtkir respirator kasalliklar infeksiyasiga qarshi kurash markazi, 1999-y. da reproduktiv yoshdagi ayollarni sogʻlomlashtirish markazi ochildi. In-t xodimlaridan 19 fan d-ri, 112 fan nomzodi yetishib chiqdi. In-tda 38 ilmiy ishlar toʻplami, 23 monografiya, 300 dan ortiq metodik qoʻllagmalar nashr etildi.

Dilbar Mahmudova.

Prev Article

PEDI

Next Article

PEDIPALPALAR