PEDOGENEZ

PEDOGENEZ (yun. paidos — bola va …ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urugʻlanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojlanishi. Pedogenezni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yongʻoqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yongʻoqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik lichinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka toʻqimalari bilan endoparazit oziklanadi; keyinroq uning kutikulasini yorib chiqib, erkin yashashga oʻtadi. Bu hodisa bir necha marta takrorlanib, pedogenetik lichin-kaning bir necha nayeli rivojlanadi. Shundan soʻng metamorfozni tugatib, voyaga yetgan erkak va urgʻochiga aylanadigan lichinka paydo boʻladi. Urugʻlangan tuxumdan yana pedogenetik lichinkaning 1-nayel i vujudga keladi. Pedogenez — passiv tarqaladigan, voyaga yetgan davrida kam pushtli boʻlgan organizmlar uchun individlar sonini keskin oshirishga moslanishdan iborat. Ayrim qoʻngʻizlarda tirik tugʻadigan va tuxum qoʻyadigan pedogenetik lichinkalar boʻladi.

Prev Article

PEDIATRIYA INSTITUTI

Next Article

PEDOLOGIYA