PENALTI (ing. penalty — jazolash) — sport atamasi; sport oʻyinlarida jarima maydonchasida qoidani buzganlik uchun jazolash. 1891-y. futbolda joriy qilingan (qoidani buzgan jamoaning darvozasiga 11 m dan toʻp te-piladi). Shuningdek, gandbolda (7 m dan), suv polosida (4 m dan) ham qoʻlla-niladi. Xokkey P. si (bullit) oʻyinchining maydon markazidan darvozabon bilan yakkamayakka chiqishi tarzida bajariladi.