Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PERGOLEZI

PERGOLEZI, Pergoleze (taxallusi, asl familiyasi Dragi) Jovanni Batista (1710.4.1, Yezi, Ankona — 1736.17.3, Neapol yaqinidagi Possu-oli) — italyan kompozitori, Neapolitan opera maktabining yirik vakili. Pergolezi —10 opera, konsert, oratoriya, triosonatalar, diniy musika (jumladan, mashhur «Stabat mater», 1735) va b. muallifi. Buff opera asoschisi. Uning «Choʻri-beka» (1733) asari mazkur janrning dastlabki mumtoz namu-nasi boʻlib, boshqa mamlakatlarda xalqchil va demokratik operaning rivojlanishida muhim rol oʻynadi.

Prev Article

PERGOLA

Next Article

PEREDVIJNIKLAR