PERILLA

PERILLA (Perilla) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; moyli va manzarali ekin. Jan., Sharqiy va Jan,Sharqiy Osiyoda 5 turi mavjud. Butasimon sudzu Perilla (P.frutescens) va uning nankin xili (P.f. var. nankinensis) Sharqiy Osiyoda oʻstiriladi. Perillaning moyli, efirmoyli va sabzavot turi Xi-toy va Yaponiyada, manzarali (barglari toʻq qizil va rang-barang) turi Uzoq Sharqda, Gʻarbiy Yevropada, AQSHda yetishtiriladi. Butasimon Perilla namsevar va issiqsevar oʻsimlik. Vegetatsiya davri 100—150 kun, oʻzidan va chetdan changlanadi. Perilla urugʻida 46 — 53% tez quriydigan texnika moyi (alif, lok va turli boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi) olinadi (ovqatga ham ishlatish mumkin). Koʻk poyasi va kunjarasi mollar uchun yaxshi ozuqa. Perilla keng qatorlab (qator orasi 60 sm) 3—4 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish normasi 5—8 kg/ga.

Gektaridan 8—15 s urugʻ hosili olinadi. Zararkunandalari: simqurtlar, kuzgi tunlam, oʻtloq parvonasi, oʻsimlik biti; eng xavfli kasalligi — gʻovlash.

Prev Article

PERIKL

Next Article

PERIODONTIT