PERMALLOY (ing. permalloy; (premeability) — oʻtkazuvchanlik va alloy — qotishma) — magnit oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan, magnit jihatdan yumshoq qotishma; tarkibi nikel (Ni) va temir (Fe) dan iborat. Kam nikelli (Ni — 40 — 50%) va koʻp nikelli (Ni —70—83%) turlarga boʻlinadi. Tar-. kibi 79% Ni, 16% Fe, 5% Mo (molibden) dan iborat boʻlgan Permalloy supermalloy deb ataladi. Permalloy radiotexnika, aloqa texnikasi va kucheiz tokdan foydalaniladigan boshqa sohalarda ishlatiladi.