Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PERPENDIKULYAR

PERPENDIKULYAR (lot. perpendiculum — tik) — toʻgʻri chiziq (yoki tekislik) ni toʻgʻri burchak ostida kesuvchi toʻgʻri chiziq. P. ning berilgan toʻgʻri chiziq (yoki tekislik) bilan kesishish nuqtasi Perpendikulyar asosi, Perpendikulyarning biror nuqtasi b-n asosi orasidagi masofa P. uzunligi deyiladi.

Prev Article

PERONOSPOROZ

Next Article

PERPETUUM MOBILE