Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

PERUS

PERUS (Perutz) Maks Ferdinand (1914.19.5 Vena — 2002.6.2) — ingliz biokimyogari (asli avstriyalik). 1936-y. dan Kembrij un-tida ishlagan. London Qirollik jamiyati (1954), Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1963), Avstriya FA (1963) akad., Kembrij untining molekulyar biologiya lab. si mudiri (1962-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiya bilan bogliq. Izomorf almashtirish (ogʻir metallar atomlarini oqsil molekulasiga kiri-tish) metodini ishlab chiqqan (1953). Rentgenstrukturaviy taxlil qilish, izomorf almashtirish usullari hamda kompyuter texnologiyasi yordamida gemoglobin molekulasi strukturasini aniklagan va uning modelini yaratgan (1960). Nobel mukofoti laureati (1962, J. K. Kendryu bilan qamkorlikda).

Prev Article

PERULIKLAR

Next Article

PERFORATSIYALAR