PIANINO (ital. pianino — kichik fortepiano) — torli urma-klavishli musiqa cholgʻusi, fortepiano turi. Royaldan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylashganligi, tovushi uncha kuchli va rang-barang boʻlmaganligi bilan farkla-nadi. Pianinoning zamonaviy turi Ameri-kada J. I. Xokins (1800), Avstriyada M. Myuller (1801), Angliyada T. Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. 19-a. oʻrtalarida Pianino hozirgi shakli va konstruksiyasi (choʻyan rama, ustma-ust kesishib tortilgan torlar, pastki va yuqorigi dempferli mexanika, 7 oktavali diapazon)ga ega boʻldi. Bunday Pianinolar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga moʻljallangan. Baʼzan konsert (7ʻ/4 oktavali) Pianino lari ham uchraydi.