PIASSI (Piazzi) Juzeppe (1746.16.7, Ponte-divaltellina — 1826.22.7, Neapol) — italiyalik astronom. Palermo un-ti prof. (1780-y. dan) va Palermo rasadxonasining birinchi direktori (1791-y. dan). 1801-y. birinchi kichik sayyora — Sererani kashf qilgan. Yulduzlarning ikkita katalogini tuzgan (1803, 1814).