PIYOZGUL

PIYOZGUL (Lilium), liliya — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik manzarali va efirmoyli oʻsimlik turkumi. Shim. yarim sharning moʻtadil mintaqalarida 90 dan ortiq turi, 2000 ortiq navi bor. Ayrim turlari hind va Filippin o. larida xam uchraydi. Xushboʻy oq gulli Piyozgul (L. candidum), toʻq sariqgulli yoʻlbars P. (L.tig-rinum), qoramtir xolli toʻq qizil jingalak Piyozgul (L.mar-tagon^ap eng koʻp tarqalgan. Piyozgul manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Har 3—6 yilda uyadagi piyozchalarini poyachalari soniga qarab, boʻlib-boʻlib oʻtqazish yoʻli b-n koʻpaytiriladi. Mayda piyozchalari bahorda, barglar qoʻltigʻida paydo boʻlgan piyozchalar avgustda, urugʻi bahorda ochik joyga, kuzda issiqxonaga ekiladi. Baʼzi turlari ildizidan koʻpayadi. May-sent. da gullaydi. Oq gulli Piyozguldan efir moyi olinadi.

Prev Article

PIYODA ASKARLAR

Next Article

PIYOZDOSHLAR