PLUTONIY

PLUTONIY (lot. Plutonium) , Pu — sunʼiy yoʻl bilan olingan, aktinoidlar guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 94, at. m. 244,0642. P. ning barqaror izotoplari yoʻq; uning massa sonlari 232 dan 246 gacha boʻlgan 15 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Plutoniyning ahamiyatga ega izotopi 244Ri(T1/2=8,26-107-y.)dir. Plutoniy 194041-y. larda amerikalik olim G. Siborg rahbarligida uranni ogʻir vodorod — deytronlar bilan nurlantirib olingan. Plutoniyning nomi Pluton planetasi sharafiga qoʻyilgan. Uranni a – zarrachalar bilan bombardimon qilib, Plutoniyning yengil izotoplari olingan. Uranni ney-tronlar bilan yoritganda, uran neytronlarni ketma-ket qamrab olishi nati-jasida Plutoniyning ogʻir izotoplari hosil boʻladi. Plutoniy barcha izotoplari yarim yemirilish davrining muddati Yerning yoshidan anchagina kichik, shuning uchun barcha boshlangich Plutoniy (Yer planetasi tashkil topayotganda mavjud boʻlgan) butunlay parchalanib ketgan.

Plutoniy yaltiroq oq metall. Sutoklanish t-rasi 640°, qaynash t-rasi 3352°, zichligi 19,86 g/sm3, atom radiusi 1D62A. P. ning kimyoviy xossalari uran va neptuniyning xossalariga oʻxshash. Plutoniy kimyoviy faol element. Oʻz birikmalarida 3, 4, 5 va 6 valentli. Plutoniy kislorodda yondirilsa, uning eng barqaror ok-sidi RiO2 hosil boʻladi. Plutoniy vodorodni yutish xossasiga ega. Boshqa metallar va metallmaslar bilan birikmalar hosil qiladi.

Plutoniyning sanoatda ishlab chiqarilishi yadro reaktorlarida 238U yadrosiga neytronlar taʼsir ettirishga asoslangan. Plutoniy, odatda, PuF3, PuF4 yoki PuO2 ni bariy, kalsiy yoki litiy bugʻlari bilan qaytarib olinadi. Plutoniy nihoyatda za-harli. Organizmga kirganida chiqib ketmaydi, suyakka oʻtib, yigʻiladi. Plutoniyni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.

Prev Article

PLUTONIZM

Next Article

PLYUVIOGRAF