PLYUSHCh (Hedera) — araliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimliklar turku mi, daraxtlar tanasiga chirmashib oʻsadigan daraxtsimon lianalar. Boʻyi 30 m gacha. Yevropa, Shim. Afrika va Osiyoda 15 turi usadi. Oddiy (asl) Plyushch eng koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.