PODAGRA (yun. podos — oyoq va agra — qopqon) — organizmda moddalar almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan kasallik. Bunda suyaklar, boʻgʻimlar, togʻaylar, paylar, fassiyalar va b. da siydik kislota tuzlari (uratlar) toʻplanadi. Podagra ayrim oilalar avlodida yillar davomida kuzatilgani uchun ir-siy kasalliklarga ham kiritishadi. Bundan tashqari, notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklar, goʻsht va goʻsht mahsulotlarini koʻp isteʼmol qilish, kam harakatlanish natijasida ham yuzaga keladi. Kasallik koʻproq erkaklarda 40 yoshdan keyin, ayollarda esa nisbatan kamroq uchraydi. Siydik kislota tuzlari oyoq va qoʻllarning mayda boʻgʻimlarida (ularning shakli va funksiyasi buziladi), shuningdek, teri, quloq chigʻanogʻi togʻaylari va hatto ichki aʼzolar (mas, buyrak)da toʻplanishi mumkin. Oyoqning bosh barmogʻi boʻgʻimida ignasimon uratlar toʻplanishi kasallikning eng xarakterli belgisidir.
Podagra ogʻriq xurujlari bilan kechadi. Biror boʻgʻimda, xususan, boshmaddoq boʻgʻimlarida, birdan sababsiz qattiq ogʻriq turishi Podagraning asosiy belgilaridandir. Ogʻriq kechasi, odatda, saharga yaqin tu-tadi va bemorning eti uvushib gavda t-rasi 40° gacha koʻtariladi, tongga yaqin ogʻriq bir oz kamayadi, bu hodisa 1—3 kunga choʻziladi. Zararlangan boʻrimlar terisi qizarib shishadi, qoʻl tegizilganda bezillaydi. Ogʻriq xurujlariga qorinning dam boʻlishi, ichak funksiya-sining buzilishi (qabziyat) ham koʻshilishi mumkin. Keyin ogʻriqtoʻxtaydi. Yana qaytalaguncha bir necha kundan tortib 1 — 2 yilgacha muddat utishi mumkin. Kasallik kuchayib borsa, xurujlar tez-tez kay-talanib, ular orasidagi muddat qisqara boradi va kasallik surunkali tuye oladi.
Podagraning oʻtkir xurujlari, ayniqsa, surunkali shaklga oʻtib ketishining oldini olish uchun oʻz vaqtida vrachga murojaat qilish kerak.