POLIAKRILONITRIL

POLIAKRILONITRIL [-SN2-— (CHCN)—]n — akrilonitrilning oq rangli chiziqli polimeri. Mol. m. (30 — 100)-103; zichligi 1140—1170 kg/mʻ. Yumshash t-rasi 220—230°. Odatdagi erituvchilar, yogʻlar taʼsiriga chidamli. Dimetilformamid, dimetilatset-amid, etilen – va propilenkarbonat, konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarda eriydi. Atmosfera sharoi-tiga va yorugʻlik taʼsiriga chidamli. Sanoatda Poliakrilonitril akrilonitrilni geterogen (suvli dispersiyada) yoki gomogen (eritmada) radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Ishlab chiqarilgan Poliakrilonitrilning asosiy qismi poliakrilonitril tolalar olishga ketadi.

Prev Article

POLI...