POLITSIYA

POLITSIYA (nem. Polizei; yun. politeia — davlat tomonidan boshkarish, maʼmuriyat) — 1) jamoat tartibini saklash va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tu-zilgan maxsus organlar tizimi. Politsiya huquqbuzarlikning ayrim turlari yuzasidan tekshiruv ishlarini olib boradi; 2) harbiy Politsiya — ayrim davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR va b.) qurolli kuchlaridagi xizmat turi, yoʻl harakatini nazorat qiladi, qochoklar (dezertirlar)ni ushlash, jinoyatlarni tekshirish va b. ni amalga oshiradi;

3) RF. da 1993-y. soliq Politsiyasi tuzilgan;

4) Okt. toʻntarishigacha Turkiston general-gubernatorligida ham Politsiya boʻlgan. Mac, Toshkent sh. da Yangi shahar va Eski shaxar Politsiya boshqarmasiga boʻlingan. Politsiya shtati 307 kishidan iborat boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasida militsiya P. funksiyasini bajaradi.

Prev Article

POLITSENTRIZM

Next Article

POLIEDR