PONTON KOʻPRIK

PONTON KOʻPRIK — odamlar va transport oʻtishi uchun moʻljallangan suzib yuradigan koʻprik. Pontonlar ustiga qilinadi. Vaqtinchalik (mas, lentasimon koʻprik, rasmga q.) va doimiy Ponton koʻpriklar bor. Vaqtinchalik Ponton koʻprik k, (mas, harbiy ishda) yigʻma qilinadi. Ponton koʻprikning transport qatnaydigan qis-mi metall yoki yogʻoch ustunlar va toʻsinlarga tayanadi. Baʼzan, kemalar oʻtib ketishi uchun Ponton koʻprikning bir qismi ochib-yopiladigan qilinadi. Ponton koʻprik, ayniqsa, urush paytlarida qoʻl keladi.

Prev Article

PONTON

Next Article

POP