PORTER (Porter) Rodni Robert (1917.8.10, Ashton — 1985.7.9) — ingliz immunologi va biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1964); Liverpul va Kembrij un-tlarini tugatgan (1939). Londondagi tibbiyot tadqiqotlari milliy in-ti ilmiy xodimi (1949—60); Sent-Meri kasalxonasi qoshidagi tibbiyot oliy makta-bi (1960— 67) va Oksford un-ti (1967) prof. Asosiy ilmiy ishlari immunologiyaga oid. Antitelolar molekulasining tuzilish sxemasini taklif etgan (1962). Bu sxemaga koʻra, immunoglobulin molekulasi 4 ta — 2 ta «ogʻir» va 2 ta «yengil» zanjirdan tashkil topgan; zanjirlar oʻzaro disulfid bogʻlar orqali birikadi. Nobel mukofoti laureati (1972, J. Edelman bilan hamkorlikda).