PORTER

PORTER (Porter) Jorj (1920.6.12, Steynfort, Yorkshir) — ingliz fizikkimyogari, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1960). Kime prof. (1963), Buyuk Britaniya Qirollik in-ti direktori (1966-y. dan), fotobiologiya boʻyicha Xalqaro komitet (1968-y. dan), Buyuk Britaniya kimyogarlar jamiyati (1970-y. dan) prezidenti. Gaz fazasida tezkor fotokimyoviy reaksiyalar ustida tadqiqot olib borgan. Impuls fotoanaliz usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1967, R. Norrish va M. Eygen bilan hamkorlikda).

Prev Article

PORT-VILA

Next Article

PORTER