POSANGI (fors.) — 1) tarozi pallalarini tenglashtirish yoki narsa tortilayotganda idish ogʻirligini chiqarib tashlash uchun tarozining bir palla-siga qoʻyiladigan qoʻshimcha tosh yoki yukcha; 2) texnikada — mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlarini muvozanatga keltirish uchun birik-tiriladigan qoʻshimcha yukcha (metall parchasi). Mas, avtomobil gʻildiragining ravon ailanishini taʼminlash uchun unga metall parchasi biriktiriladi (q. Muvozanatlash); 3) soat mexanizmining asosiy rostlagichi (balansir).