POTENSIAL ENERGIYA — mexanik tizim umumiy energiyasining maʼlum ulushi. U shu tizimni tashkil etgan zarralarning oʻzaro joylashishi va tashki kuch maydonidagi (mas, gravi-tatsion maydon) vaziyatiga bogʻliq. Potensial energiya tushunchasi konservativ (kinetik va potensial energiyasi oʻzgarmay qoladigan) tizimlar uchun oʻrinlidir, yaʼni bunday tizimga taʼsir qilayotgan kuchlarning ishi tizimning boshlangʻich va oxirgi vaziyatiga bogʻliq.