POYKILOTERM HAYVONLAR (yun. poikilos — har xil, oʻzgaruvchan va therme — issiq) — sovuq qonli, tana haro-rati tashqi muhit harorati taʼsirida oʻzgarib turadigan hayvonlar. P. h. ga barcha umurtqasizlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Poykiloterm hayvonlar tanasi harora-ti tashqi muhitga nisbatan 1—2° yuqori yoki tashqi muxdgga teng. Koʻpchilik Poykiloterm hayvonlar tana harorati quyosh nuri yoki muskullar qisqarishi tufayli koʻtariladi. Harorat optimal chegaradan oshganida Poykiloterm hayvonlar karaxt boʻlib qoladi yoki halok boʻladi. Termoregulyatsiya mexanizmining rivojlanmaganligini nerv sis-temasining nisbatan kam rivojlanganligi, moddalar almashinuvining sekin borishi (issiqqonli hayvonlarga nisbatan 20—30-marta past), qon aylanish sistemasining tutash boʻlmasligi, arteriya va vena qonining aj-ralmaganligi bilan tushuntirish mumkin (yana q. Termoregulyatsiya).