POZITSIYA

POZITSIYA (tilshunoslikda) — fonologik Pozitsiya, fonemaning unga xos semiologik (farklash) vazifani belgilashda asos boʻluvchi holati; fonemaning bevosita qurshovi, uning soʻz tarkibidagi oʻrni, urgʻuga nisbatan hola-tini qamrab oladi. Fonologik Pozitsiyaning kuchli va kuchsiz turlari farklanadi. Fonemaning oʻz farklash vazifasini bajarishi uchun kulay pozitsiya kuchli Pozitsiya deyiladi (mas, zoʻr va soʻr soʻzlari boshidagi undosh kuchli Pozitsiya da-dir). Fonemaning oʻz farklash vazifasini bajarishi uchun noqulay pozitsiya kuchsiz Pozitsiya deyiladi (mas, rizq soʻzidagi z undoshi kuchsiz P. da, chunki uni s undoshidan farklash qiyin).

Azim Hojiyev.

Prev Article

POZITRON

Next Article

POZITSIYA